16-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» ko`rgazmasi

9 - 11 sentabr 2025, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun muhim texnologiyalar va yechimlar Global Textile Days doirasida


Hozirda O'zbekiston Markaziy Osiyoda to'qimachilik, tikuvchilik va moda sanoati ishlab chiqarish markazi bo’lishda davom etmoqda.

O‘zbekiston, boshqa ko‘plab yetakchi to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlari kabi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi savdo bozorlarida o‘z mavqeini mustahkamlash orqali yuzaga kelayotgan muammolarni yengish yo‘llarini izlamoqda. Aynan shu sabablarga bois 2025-yil 9-11-sentabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” MKKda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Global to‘qimachilik kunlari”ning keng ko‘lamli loyihasi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Global Textile Days to‘qimachilik haftaligiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda: uning dasturi quyidagi tadbirlarni o’z ichiga qamrab oladi:

16-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» ko`rgazmasi
25-Yubiley Xalqaro To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati Ko‘rgazmasi – TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati xalqaro anjumani.

Global Textile Daysning asosiy mavzusi - “Markaziy Osiyo – yetkazub berish markazi: global muammolarga barqarorlik”. Loyiha dialog, innovatsiyalar va hamkorlik uchun dinamik xalqaro platforma bo‘lib, bu yerda ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar, davlat idoralari va xalqaro ekspertlar mintaqani to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun barqaror va mas’uliyatli markaz sifatida joylashtirishning strategik yo‘llarini muhokama qiladilar.

Tadbirlar 2025-yil 9–11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha ko‘rgazma maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Ko'rgazmalarning ish vaqti: 9 sentyabr 10:00 – 18:00 | 10 sentyabr 10:00 - 18:00 | 11 sentyabr 10:00 - 16:00

Asosiy milliy ko‘rgazma loyihasi – CAITME platformasi – mintaqadagi to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun texnologiyalarining noyob xalqaro ko‘rgazmasi; UFI Butunjahon ko'rgazmalar assotsiatsiyasining mustaqil auditiga ko'ra, MDH mamlakatlaridagi ushbu mavzudagi eng yirik ko'rgazma hisoblanadi.

2004-yildan buyon Yevropa va Osiyoning to‘qimachilik mashinasozligi sohasida tan olingan yetakchilar hamda eng ilg‘or texnologiyalar yetkazib beruvchilari ko‘rgazmada muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda.

Xalqaro auditning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, CAITME 2024 koʻrgazmasida 22 mamlakatdan 386 ta kompaniya qatnashdi va koʻrgazma rekord darajadagi 15 551,5 kv.m.ni egallab, “Oʻzekspomarkaz”ning barcha zallari va pavilyonlarida butun texnologik ishlab chiqarish zanjiri boʻylab uskunalar va texnologiyalarni namoyish etdi.

Tadbir an’anaviy tarzda asosiy vazirlik va idoralar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi; korgazmaga Markaziy Osiyo mintaqasidagi (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston) xarid etuvchilarning mutaxassislari va ekspert delegatsiyalari, yetakchi investorlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyuradi.

Taniqli jahon kompaniyalari va brendlari CAITME 2025 da ishtirok etishlarini tasdiqladi: Koreya Respublikasi Milliy paviloni, Turkiya MAIB uyushmasi, Trützschler Group SE, Samatex, Terrot Textilmaschinen GmbH (Germaniya), Motex Di Modiano Guido, Itema Spa, Santoni Spa, Ferraro Spa (Italiya), Vandewiele Group (Belgiya), Serteks, Effe & Elinmac, Odesi, Temsan, Dalgakiran, DMS Dilmenler, Ozen Compressors, Asteks, Tufekci, Pnosan (Turkiya) va boshqalar.

Ko‘rgazma mintaqadagi soha mutaxassislari uchun uchrashish, jahonning yetakchi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj uskunalari ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi innovatsiyalarini amalda ko‘rish, maslahat va texnik ko‘makni “birinchi qo‘ldan” olish, ekspertlarga esa sohani yanada barqaror rivojlantirish muammolari va istiqbollarini muhokama qilish uchun yana bir bor noyob imkoniyat yaratadi.

Mazkur ko‘rgazmaning muhim jihati shundaki, ishtirokchilar o‘z stendlarida mintaqa ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshligini saqlab qolish, mobil, energiya tejamkor va moliyaviy barqaror bo‘lishga yordam beradigan mahsulotlarni taklif etadilar.

TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasi mintaqadagi yetakchi sohaviy tadbirlaridan biri bo‘lib, to‘qimachilik mahsulotlarining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bayerlarini bir maydonda birlashtiradi. Belarus Respublikasi, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 130 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Joriy mavsumda Xitoyning uy tekstili, tayyor kiyim, ichki kiyim, gazlamalar, trikotaj matolari va to‘qimachilik furniturasi ishlab chiqaruvchilari ham faol ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida “Made in Uzbekistan” brendi ostida kichik va o‘rta biznes vakillari ishtiroki rejalashtirilgan.

Ekspozitsiya butun ishlab chiqarish siklini qamrab oladi – xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha: kalava ip, gazlamalar, trikotaj, noto‘quv materiallar, maxsus kiyimlar, furnitura, uy tekstili, paypoqlar va ko‘plab boshqa mahsulotlar.

Tadbir doirasida an’anaviy tarzda Maxsus bayerlar dasturi bo‘lib o‘tadi, unda 100 dan ortiq xarid qiluvchi kompaniyalar o‘zbekistonlik to‘qimachilik mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqaruvchilari bilan biznes muzokaralarini olib boradi. Dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan 16 yil davomida unda Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 2000 dan ortiq yirik bayerlar ishtirok etdi. Ular orasida - Auchan, X5 Retail Group, Magnit, Zara, Bershka, Gloria Jeans, Oodji va boshqa ko'plab kompaniyalar.

Mintaqadaning mutaxassislari uchun muhim bo’lmish ko'rgazma tadbirini - Global Textile Daysni kalendaringizga kiriting va unda ishtirok etishni yoki tashrif buyurishni hoziroq rejalashtiring!

Iteca Connect mobil ilovasi orqali kerakli uchrashuvlarni rejalashtirish orqali uch kunni samarali o'tkazing.

Ishtirok etish/tashrif buyurishga oid savollar bo’yicha tashkilotchilar jamoasiga murojaat qiling:

«Iteca Exhibitions» XK MChJ

O‘zbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59A

T: +998 71 205 18 18

www.caitme.uz www.textileexpo.uz

caitme@iteca.uz, textileexpo@iteca.uz
HAMKORLAR