Tashrifning afzalliklari
CAITME – biznes-vazifalaringizni bajarish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy va ilg‘or asbob-uskunalar, qurilmalar yoki texnologiyalar bilan vizual tanishish va tanlash, jahon yetakchilari orasida ishonchli hamkorlar topish, eng so‘nggi innovatsiyalar, texnologik jarayonlar haqida mamlakatdan tashqariga chiqmasdan bevosita ma’lumot olish uchun noyob imkoniyatdir.Tashrif buyurganlarning 90 foizi bozor salohiyati va tendentsiyalarini o'rganish uchun ko'rgazma muhimligini tasdiqladi.
Ko'rgazmaga tashrif buyurib, siz quyidagi noyob imkoniyatlarga ega bo'lasiz:
- Mashinalar, uskunalar, qurilmalar va butlovchi qismlarni amalda ko'rish va ularning ishlashi bo'yicha professional maslahat olish;
- Qisqa vaqt ichida mamlakatlar, imkoniyatlar va narx omillari nuqtai nazaridan taqdim etilgan keng turdagi texnologik yechimlarni o‘rganish va baholash va natijada eng maqbul variantni tanlash;
- Bozor kon’yunkturasini o‘rganish va o‘zingiz korxonangiz uchun yangi g‘oyalar olish;
- Yangi aloqalarni o'rnatish va mavjud hamkorlar bilan munosabatlarni mustahkamlash;
- Toʻqimachilik mashinasozligi va toʻqimachilik ishlab chiqarish sohasidagi yangi va zamonaviy jahon trendlari bilan tanishish;
- Ko'rgazmada “birinchi qo'l” takliflarini olish va "maxsus aksiyalar" dan foydalanish orqali bitim tuzish;
- Taniqli ishlab chiqaruvchilarning agentlari/distribyutorlari bo'lish;
- Texnik bilimlarni egallash;
- Xolis va neytral biznes muhitida biznes masalalarini muhokama qilish;
- Ma'lumotlar bazasini yaratish va yangilash;
- Qo‘shma korxonalar yaratish bo‘yicha hamkorlikni boshlash;
- Turli ma’lumot xizmatlariga murojaat qilish imkoniga ega bo'lish.
Ushbu havola orqali shaxsiy elektron bedjingizni oldindan oling
CAITME ko‘rgazmasiga tashrif buyurish qisqa vaqt ichida dunyoning turli davlatlaridan zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning yetakchi ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkoniyatidir.