18-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2028» ko`rgazmasi

6 - 8 sentabr 2028, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Ko`rgazma haqida

CAITME – Markaziy Osiyo mintaqasidagi to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun texnologiyalarning noyob ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib, mustaqil audit ma’lumotlariga ko‘ra, MDH mamlakatlarida ushbu yo‘nalishdagi eng yirik ko‘rgazma hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston to‘qimachilik, kiyim-kechak va moda sanoati ishlab chiqarishining Markaziy Osiyodagi xabi sifatidagi mavqeini saqlab kelmoqda. Sohada 700 mingdan ortiq kishi band bo‘lib, bu sanoatdagi barcha xodimlarning 20% ini tashkil etadi. 2025-yilda tarmoq eksporti hajmi 2,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, yaqin yillarda uni 3,3 mlrd AQSh dollarigacha oshirish istiqboli mavjud. Eksport qiluvchi korxonalar soni 1 400 tadan oshdi. Quvvatlarni modernizatsiya qilish uchun sohaga xorijiy kapital faol jalb etilmoqda: investitsiyalar hajmi 2026-yilda 2,2 mlrd dollarni tashkil etadi va 2027-yilda 2,5 mlrd dollargacha o‘sadi.

17 yil davomida CAITME mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yangi yuqori samarali ishlab chiqarishlarni yaratish orqali investitsiyalarni jalb etish jarayonlariga ko‘maklashib kelmoqda. Ko‘rgazma yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarining to‘qimachilik mashinasozligi va texnologiyalari sohasidagi yangiliklarini butun ishlab chiqarish zanjiri bo‘yicha – ip-kalava ishlab chiqarishdan tortib tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash va jo‘natishgacha – amalda namoyish etish imkonini beradi.

Unda har yili to‘qimachilik mashinasozligining e’tirof etilgan yetakchilari hamda Yevropa va Osiyodan eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni yetkazib beruvchilar ishtirok etadi. Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Xitoy va boshqa davlatlarning milliy ekspozitsiyalari muntazam tashkil etiladi.

Tadbirni asosiy vazirlik va idoralar qo‘llab-quvvatlaydi, unga Respublika Hukumati rahbarlari tashrif buyuradi, butun Markaziy Osiyo mintaqasi va MDH mamlakatlaridagi soha mutaxassislari va ekspertlari uchun esa u eng kutilgan va ahamiyatli tadbir hisoblanadi.

CAITME – bu, eng avvalo, noyob maqsadli auditoriya. Ko‘rgazmaga har yili butun Markaziy Osiyo mintaqasidan minglab soha mutaxassislari va ekspertlari, to‘qimachilik, trikotaj va tikuvchilik korxonalarining rahbarlari va egalari tashrif buyuradi.

Ko‘rgazma doirasida boy biznes dasturi amalga oshiriladi: xalqaro konferensiyalar, ko‘plab B2G va B2B uchrashuvlar raundlari, mahorat darslari, seminarlar, forumlar hamda yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilar va soha flagmanlarining taqdimotlari.

O‘tgan yillar davomida ko‘rgazma eng yangi ilg‘or texnologiyalarni namoyish etish, «birinchi qo‘l»dan xarid qilish, yetakchi texnologiya ishlab chiquvchilari va mintaqadagi to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida samarali muloqot yuritish, mahalliy ishlab chiqarishlarga jahonning so‘nggi trendlarini joriy etish uchun eng muhim va samarali maydonga aylandi.

CAITME ko‘rgazmasi yuqori obro‘ va o‘tkazish standartlariga ega, mintaqa sohasining kelajagini bugunoq o‘zgartirayotgan eng kuchli va taniqli milliy ko‘rgazma brendlaridan biri hisoblanadi.

CAITME 2026 – FAKT VA RAQAMLAR:
  • Ko‘rgazma O‘zbekiston to‘qimachilik haftaligi – Global Textile Days doirasida bo‘lib o‘tdi
  • Maydoni: 15 000+ kv.m.
  • «Yulduzli» ishtirokchilar tarkibi: 19 ta mamlakatdan 262 ta kompaniya
  • Ishtirokchi davlatlar: Fransiya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, BAA, Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Chexiya, Shveytsariya, Yaponiya
  • Professional tashriflar soni: 4 694
  • Xorijiy tashrif buyuruvchilar: 36 ta davlatdan 386 nafar
  • VDMA ko‘magida Germaniya milliy pavilyoni
  • Boy biznes dasturi (ishtirokchilarning Hukumat vakillari (ADLI) bilan B2G uchrashuvlari seriyasi hamda TextileExpo Uzbekistan Sourcing Hub platformasida B2B uchrashuvlar seriyasi)

Ko'rgazma hisobotini ko'rish

Video hisobotini ko'rish
Agar siz to'qimachilik va tikuvchilik sanoatidagi innovatsiyalar, eng so'nggi texnologik yechimlar va jarayonlarni ilgari surish yoki sotib olishga qiziqsangiz, CAITME siz uchun o'tkazib yuborib bo'lmaydigan voqeadir!