Ishtirok etishning afzalliklari
CAITME ko'rgazmasida ishtirok etish sizning kompaniyangizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:- 37 milliondan ortiq aholiga ega Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bozori - O'zbekiston bozoriga o'z mahsulotingizni olib kelish;
- Ayni paytda tarmoqda 6 mingdan ortiq ishlab chiqarish quvvati va 570 ming kishi ish bilan ta’minlangani, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 3 foizi va sanoat mahsulotining 14 foizi ishlab chiqarilayotgani, ayni paytda paxta tolasini mahalliy qayta ishlash ulushi 100 foizga yetganini hisobga olib, O‘zbekistondan noyob mutaxassislar auditoriyasini jalb etish;
- Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlari va qo‘shni davlatlardan faqat Toshkent shahrida uchrashuvlar o‘tkazish mumkin bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilish;
- Xarid qilishga qiziqqan barcha potentsial mijozlarga aynan sizni mahsulotlaringizning afzalliklarini yetkazish;
- O‘zbekistonning barcha hududlarida va qo‘shni mamlakatlarda dilerlik va distribyutorlik tarmoqlarini rivojlantirish hisobiga sotuvlar hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish;
- Maqsadli auditoriyaga dolzarb ishlanmalar va texnologik innovatsiyalarni amalda namoyom etish;
- Mahsulotingizga bo'lgan talabni, raqobat muhitini baholash va maqsadli auditoriya vakillaridan qimmatli fikr-mulohazalarni olish;
- O'z brendingizga e'tibor qaratish va uning tan olinishini oshirish;
- Muvaffaqiyatli, ishonchli va barqaror rivojlanayotgan kompaniya sifatida obro'ni shakllantirish va saqlab qolish.
- 6000 nafardan ortiq tashrif buyuruvchilar;
- 93% - soha mutaxassislari;
- Ko'rgazma natijalari bo’yicha tashrif buyuruvchilarning 65% mahsulotlarni sotib olishni rejalashtirdi;
- Tashrif buyuruvchilarning 55% - biznes egalari va boshqaruv lavozimlarida ishlaydi;
- Tashrif buyuruvchilarning 90% ko'rgazmani muhim deb hisoblaydi;
- Ko'rgazma ishtirokchilarining 81% natijalardan qoniqish hosil qildi;
- Ko'rgazma maydonining 75 foizi 2026 yilga qayta bron qilindi.