Press-relizlar
Keng ko`lamli ekspozitsiya to`qimachilik sanoatining asosiy voqealarining sinergiyasini aks ettiradi
To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari bo‘yicha 12‑Markaziy Osiyo Xalqaro Ko‘rgazmasi – CAITME 2018 2018‑yil 5‑sentabrdan Toshkentda o‘z eshiklarini ochadi. Ko‘rgazma Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.
CAITME 2018 bilan birgalikda, 1‑Xalqaro To‘qimachilik va Moda Sanoati Ko‘rgazmasi – UzTextile Expo 2018 ham o‘tkaziladi. Tashkilotchilar eslatadiki, 2018‑yil 27‑aprelda Uztekstilprom assotsiatsiyasi tarkibidagi To‘qimachilik Mahsulotlarini Reklama va Marketing Agentligi bilan Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi o‘rtasida Xotima Memorandumi imzolangan va xalqaro tekstil ko‘rgazmalari – Textile Expo Uzbekistan va International Textile Fair tajribasiga asos lanib yangi ko‘rgazma loyihasi – UzTextile Expo yaratilishiga zamin yaratilgan.
Bu yil birinchi marta, tekstil va engil sanoat mutaxassislari UzTextile Expo va CAITME tomonidan taklif etilgan yagona ko‘rgazma makonida bu sinergiyaning maksimal samarasidan bahramand bo‘lishadi. Bu ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar uchun ipdan tayyor kiyimgacha bo‘lgan to‘liq to‘qimachilik ishlab chiqarish va texnologiyalar siklini qo‘lda ko‘rib chiqish imkonini yaratadi.
Ko‘rgazmalar O‘zbekiston poytaxtida, 5‑7‑sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi va barcha tanahni Uzexpocentre ko‘rgazma hududini egallaydi.
O‘zbekiston to‘qimachilik ishlab chiqarish markazlaridan biri maqomini haqli ravishda qo‘lga kiritgan va biz faxr bilan aytamizki, bu mamlakat – Markaziy Osiyoda yagona loyihali to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati texnologiyalari bo‘yicha yetakchi sanoat tadbiri – CAITME tashkil etiladigan davlatdir. Bu noyob tadbir zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini keng ochadi. Mutaxassislarning fikricha, CAITME MDH mamlakatlarida to‘qimachilik uskuna-ko‘rgazmalarining eng yirikidir. Bu yil tadbir yana bir ko‘rgazma auditi orqali o‘tkazilmoqda va biz yana bir bor o‘z yetakchilik mavqeini tasdiqlashiga ishonamiz.
Ko‘rgazmada eng yaxshi texnologik ishlanmalar va to‘qimachilik hamda tikuv uskuna-ko‘lamlari namoyish etiladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Bu yilgi ko‘rgazma hajmi bilan hayratlanarli. CAITME Uzexpocentre to‘rt pavilonini egallaydi. Pavilonlarni ko‘rishga qulay qilish maqsadida ular prezentatsiya qilingan uskunalar va kompaniyalarga muvofiq bo‘limlarga bo‘lingan:
· Pavilion 1 – to‘qish, paypoqsozlik, bo‘yash, so‘nggi tugatish va boshqa yordamchi uskunalar.
· Pavilion 2 – tayyorlov, ip to‘qish, burish, o‘rash uskunalari, to‘qish va tikilmagan matolar uchun uskunalar.
· Atrium Hall 1 – kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar, suvni tozalash tizimlari, komponentlar va asbob-uskunalar.
· Pavilion 4 – tikish, kesish, zarb bilan ishlash, bosib chiqarish, qadoqlash va kiyim ishlab chiqarish uchun boshqa uskunalar.
CAITME 21 davlatdan 372 ta kompaniya va brendni taqdim etishi bilan yangi rekord o‘rnatadi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, AQSH, Turkiya, O‘zbekiston, Frantsiya, Chexiya Respublikasi, Shvetsiya, Shveysariya va Yaponiya. Chet ellik ko‘rgazmachi va mahalliy ishtirokchilar nisbati mos ravishda 85% va 15% ni tashkil etadi. O‘tgan yilga nisbatan ko‘rgazma maydoni 24% ga o‘sdi.
Har yili xalqaro ishtirokchilarning tarkibi O‘zbekistondagi bu sektorga xorijdan mashinalar va uskunalar ishlab chiqaruvchilarning qiziqishi ortishi bilan muvofiq rivojlanadi.
Ishtirokchilar soni bo‘yicha yuqori beshlik: Turkiya – 81; Xitoy – 66; Germaniya – 52; Italiya – 32; Hindiston – 25 kompaniya. Germaniya Milliy Paviloni keng ko‘lamda taqdim etiladi, bu Federal Iqtisodiyot va Energiya Vazirligi yordami va Germaniya Mashinasozlik Sanoati Assotsiatsiyasi ko‘magi bilan tashkil etilgan.
Yorqin ilk ishtirokchilar 20% dan ortiq kompaniyalar tomonidan ta’minlanadi. Ispaniya Milliy stendi AMEC AMTEX Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ko‘rgazma tarixida ilk marotaba ishtirok etadi. Ishtirokchilar: Galan Textile Machinery (barcha turdagi tabiiy va sintetik tolalar uchun burish va o‘rash uskunalari ishlab chiqaradi), Canmartex (standart va individual tarzda yaratilgan to‘qish makinаlari), Gomplast (qo‘rg‘oshinli va poliuretanli roliklar bilan qoplamalar), Icomatex (uzluksiz yuvish/oqartirish mashinalari va quritgichlar), Rius (elektron kesish, birikma makinаlari), Pinter Caipo (qo‘shimcha qiymatli fancy ip va tolalar ishlab chiqarish ilovalari, onlayn sifat detektorlari va monitoring tizimlari).
Shuningdek, ko‘rgazmada boshqa ko‘plab debyutantlar ham taqdim etiladi: Erbatech (Germaniya) – tugatish va quritish uskunalari; Pleva (Germaniya) – laboratoriya, nazorat va o‘lchash uskunalari; MHMS Mechatronic Solutions (Avstriya) – bosib chiqarish mashinalari; Budapest Waterworks (Vengriya) – suvni tozalash va filtratsiya tizimlari; Cesa Isimak Klima End. (Turkiya) – konditsioner va ventilyatsiya tizimlari; Alfa Kimya va Mavi Color Kimya (Turkiya), Jay Chemicals (Hindiston) – tekstil kimyoviy moddalar, VAV Technology (Germaniya/Turkiya) – denim matoga tugatish texnologiyalari va boshqa ko‘plar.
Ipdan tayyor tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlarini qadoqlashgacha to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoati uchun mo‘ljallangan to‘liq uskunalar va texnologiyalarni amalda namoyish qilish ko‘rgazmaning eng muhim xususiyatidir. Ko‘p kompaniyalar o‘z uskunalarini demonstratsion rejimida taqdim etadi va o‘z stendlari orqali sanoat mutaxassislariga master-klasslar o‘tkazadi.
CAITME NEWS nomli tadbir byulleteni ko‘rgazma munosabati bilan chiqariladi, unda asosiy kompaniyalar va sanoat tahlili haqida ko‘proq ma’lumot beriladi.
Rasmiy ko‘rgazma homiylari:
· O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi
· Uztextilprom assotsiatsiyasi
· O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy hamda texnik ko‘mak: Uzexpocentre NEC
Texnik hamkor: LED design
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmati bilan bog‘laning
Tel.: + (998 71) 205 18 18, Fax: + (998 71) 237 22 72
E‑pochta: guzal.artykova@iteca.uz; www.iteca.uz