Press-relizlar
CAITME yana bir bor to`qimachilik mashinasozligi yetakchilarini jamlamoqda

CAITME – To'qimachilik sanoati yetakchilarini yana bir bor jamlamoqda
CAITME – Markaziy Osiyoda to'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun asbob-uskunalar va texnologiyalarning bosh xalqaro ko'rgazmasi yana bir bor 2022-yil 7-9-sentabr kunlari Toshkent (O'zbekiston) shahridagi "O'zekspomarkaz"da to'liq formatli hajmda bo'lib o'tadi va Iteca Exhibitions'ning kuzgi ko'rgazma mavsumini ochadi.
To'qimachilik sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmog'i, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi korxonalar, jumladan, to'qimachilik va paxta-to'qimachilik klasterlarini yaratish, shuningdek, keng ko'lamli ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish – ko'plab yangi ish o'rinlarini yaratish sohasi hisoblanadi. Bularning barchasi butun ishlab chiqarish zanjiri uchun – kalava-ipdan tortib, tayyor kiyim-kechakgacha bo'lgan keng turdagi uskunalar va texnologiyalarga bo'lgan ehtiyojni anglatadi.
CAITME – bu mamlakatga ilg'or texnologiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun cheksiz imkoniyatlarni ochadigan noyob voqeadir.
CAITME platformasi jahon ishlab chiqaruvchilarining tikuvchilik va to'qimachilik mashinasozligi sohasidagi yutuqlari va ishlanmalarini namoyishi va ko'rsatuvi bo'lib, bu yerda har bir korxona uchun zarur jihoz va butlovchi qismlar mavjud. CAITME — Markaziy Osiyo mintaqasida to'qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun texnologiyalarning noyob xalqaro ko'rgazmasidir. UFI - Butunjahon ko'rgazmalar uyushmasining mustaqil auditi ma'lumotlariga ko'ra, MDHda ushbu mavzudagi eng yirik ko'rgazma hisoblanadi.
Ko'rgazmada Yevropa va Osiyodan to'qimachilik mashinasozligi sohasida tan olingan yetakchilar, eng ilg'or texnologiyalarni yetkazib beruvchilar muntazam ishtirok etib keladi. Tadbir Markaziy Osiyo mintaqasi sanoati mutaxassislari va ekspertlari, yetakchi investorlar va xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi muhim vazirlik va idoralar tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Bu yil ularga Yevropa davlatlaridan tashrif buyuruvchilar ham qo'shiladi, ular yangiliklar va yangi aloqalarni o'rnatish uchun keladi. Bu tadbirga yanada keng qamrov va ahamiyat bermoqda.
Quvonch bilan ta'kidlash joizki, CAITME 2022 pandemiyadan oldingi miqyosga qaytdi, uning ekspozitsiyasi "O'zekspomarkaz" MKKning barcha ko'rgazma zallarida yoyiladi. Pandemiya ko'plab to'qimachilik mashinasozligi kompaniyalari faoliyatiga ta'sir ko'rsatdi. Ko'pgina mamlakatlardagi cheklovlar 2021-yilgi ko'rgazmada to'liq ishtirok etishga imkon bermadi, hatto bozorning eng yirik o'yinchilari ham mashina va uskunalarni olib kela olmadi. Bu yil ko'rgazma jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining to'liq tarkibini kutib olmoqda. Ular orasida PICANOL, SAURER, TRUETZSCHLER GMBH, RIETER MACHINE WORKS, TOYOTA TEXTILE MACHINERY, VANDEWIELE NV, JUKI, TAJIMA, TEXTIMA, ITEMA, BROTHER, KONICA, MIMAKI, LAKSHMI MACHINE WORKS va boshqalar.
Tashrif buyuruvchilar diqqatiga yuqori texnologiyali to'qimachilik va tikuvchilik uskunalarining keng assortimenti taqdim etiladi, xususan: to'qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarish uchun asosiy va yordamchi uskunalar, butlovchi qismlar, texnik jihozlar, nazorat-o'lchov va laboratoriya uskunalari, sanoat iqlim hosil qilish va ventilyatsiya tizimlari, kompressorlar, kimyoviy moddalar va bo'yoqlar, paxta tozalash uskunalari va boshqalar. Tashrif buyuruvchilar nafaqat mashinalarni amalda ko'rish, balki foydalanish bo'yicha maslahat olish va namoyish etilayotgan uskunaning texnik xususiyatlarini baholash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Bu yilgi ko'rgazmada dunyoning 19 mamlakatidan 306 ta kompaniya namoyish etiladi: Avstriya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Pokiston, Polsha, Rossiya, Turkiya, O'zbekiston, Frantsiya, Xitoy, Chexiya, Shveytsariya, Yaponiya.
Uchta davlat: Germaniya, Italiya va Koreya Respublikasi milliy ekspozitsiyalari bilan chiqishadi.
TOP-5 ishtirokchi mamlakatlar quyidagicha taqsimlandi: Turkiya (84 kompaniya), Italiya (55 kompaniya), Germaniya (39 kompaniya), Hindiston (25 kompaniya), Xitoy (17 kompaniya).
Xorijiy eksponentlarning ulushi 86 foizni tashkil etdi, O'zbekistonni 42 kompaniya, diler va yetkazib beruvchilar taqdim etadi – bu umumiy ishtirokchilar sonining 14 foizini tashkil etadi.
Turkiya ishlab chiqaruvchilarining ekspozitsiyasi eksponentlar soni bo'yicha ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda – 84 kompaniya ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilarga o'zlarining ishlanmalari va eng yangi texnologiyalarini taqdim etadi: tikuv va to'qimachilik uskunalari va butlovchi qismlarining keng assortimenti: bo'yash va pardozlash uskunalari, mato sifatini nazorat qilish mashinalari, uskunalar uchun moylar, bug' qozonlari, filtrlar, qaytuvchi osmos, quritgichlar, kimyoviy moddalar hamda bo'yoqlar va ko'plab boshqalar.
Italiya milliy pavilyoni I.C.E agentligi va ACIMIT uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Ishtirokchi kompaniyalar paypoq dastgohlari, bichuv tizimlari, pardozlash, quritish, laboratoriya va bo'yash uskunalari, dozalash tizimlari, suv tozalash tizimlari, bug' qozonlari va boshqa ko'plab mahsulotlarni namoyish etadi.
An'anaga ko'ra, Germaniya pavilyoni ko'rgazmada ishtirok etmoqda, uning kompaniyalari choyshablar tikish, bo'yash va pardozlash uskunalari, tayyor to'quv uskunalari, trikotaj ignalari, termofiksatsiya mashinalari, tayyor texnologik liniyalar va boshqalarni namoyish etadi.
Janubiy Koreyaning milliy stendida chiyratish va o'rash mashinalari, kalavalash mashinalari, pardozlash uchun buyumlar, yigiruvga tayyorlov uskunalari, standart va tor matolar uchun to'quv mashinalari va boshqalarni 10 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyalar keldi.
Hindiston, Xitoy, Shveytsariya kompaniyalari va boshqa yetakchi ishlab chiqaruvchi mamlakatlar keng tarkib bo'lib chiqishadi.
CAITME ko'rgazmasida Hindiston to'qimachilik mashinasozligi to'qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishning turli bosqichlari uchun asbob-uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi 25 ta yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan quyidagilar taqdim etiladi: yigiruv materiallari, bobinalar, yigiruv chilobchinlari, maydalagichlar, kimyoviy moddalar hamda bo'yoqlar va boshqalar.
Xitoydan kelgan 17 ta kompaniyaning stendlarida dastgohlar, paypoq va trikotaj uskunalari, aylanma to'quv mashinalari, yigiruv materiallari, yigiruv uchun buyumlar va boshqa jihozlarni ko'rish mumkin bo'ladi.
Shveytsariyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining tarkibida 11 ta kompaniya faol ishtirok etishi ham an'anaga aylangan. Joriy yilda ularning stendlarida konveyer tasmalar va lentalar, yigiruv uskunalari va buyumlari, nazorat-o'lchov va laboratoriya jihozlari, chiqindilarni vakuumli utilizatsiya qilish tizimlari va boshqa ko'plab mahsulotlar namoyish etiladi.
Ko'rgazma ochilishiga hali bir necha oy qolganida ko'rgazma ochilishini intiqlik bilan kutayotgan kiyim-kechak va to'qimachilik sanoatining ishlab chiqarish korxonalari orasida va tegishli tarmoqlarda ko‘rgazmaga jonli qiziqish kuzatildi. Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Latviya, Litva, Turkiya, Hindiston va boshqa ko'plab mamlakatlardan mutaxassislar tashrifini tasdiqlashdi.
Mutaxassislarning qulayligi uchun CAITME ekspozitsiyasi bo'limlarga bo'linadi:
- Pavilyon 1 – To'qish, bo'yash, pardozlash uskunalari
- Pavilyon 2 – Kiyim ishlab chiqarish uchun tikuv, bichuv, kesish, bosib chiqarish va boshqa uskunalar
- Pavilyon 3 – Yigiruv, chiyratish, kalavalash uskunalari va butlovchi qismlari
- Pavilyon 4 – To'quv va noto'qima ishlab chiqarish uskunalari, Milliy ekspozitsiyalar
- Atrium 1 – Kimyoviy moddalar va bo'yoqlar, suvni tozalash tizimlari va ikkilamchi qayta ishlash
- Atrium 2 – Paxta tozalash uskunalari, yigiruv anjomlari
Ko'rgazmaning har bir sektorida ko'plab yangi mahsulotlar namoyish etiladi. Pardozlash va bo'yash, matolarga bosib chiqarish sohasidagi yangiliklar ayniqsa dolzarb bo'ladi. 1- va 2-pavilyonlarda to'qimachilik sanoatidagi eng so'nggi bosib chiqarish texnologiyalarini namoyish etuvchi kompaniyalar o'z mahsulotlarini ko'rsatadilar.
Ko'rgazma veb-saytida tashrif buyuruvchilarni onlayn ro'yxatga olish davom etmoqda, hozirda 3500 nafar professional tashrif buyuruvchilar onlayn ro'yxatdan o'tgan.
Tashrifchilarni ro'yxatga olish homiysi - Shveytsariya to'qimachilik mashinasozligi uyushmasi - SWISSMEM.
CAITME ko'rgazmasining rasmiy aviakompaniyasi - Turkish Airlines barcha ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar uchun maxsus chegirmalar taqdim etdi.
Rasmiy ko'mak ko'rsatdi:
- O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi
- "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)
|
Hamkor: Kongress-servis
Tadbirni tashkilotchilari - Xalqaro ko'rgazma kompaniyasi Iteca Exhibitions va uning hamkori – ICA Eurasia sohaning bosh idorasi - "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi bilan hamkorlikda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz