Press-relizlar
CAITME 2024 - Markaziy Osiyo to`qimachilik innovatsiyalari xabi

CAITME 2024 - Markaziy Osiyo to'qimachilik innovatsiyalari xabi
15-yubiley Markaziy Osiyo xalqaro "To'qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2024" ko'rgazmasi o'z ekspozitsiyasini 2024-yil 11-14-sentabr kunlari "O'zekspomarkaz" MKKning barcha pavilyonlarida va ochiq kuzatuv maydonida namoyish etadi.
O'zbekiston to'qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoati - O'zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmog'i, innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalar, shu jumladan to'qimachilik va paxta-to'qimachilik klasterlarini tashkil etish, shuningdek, keng ko'lamli ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish – ko'plab yangi ish o'rinlari yaratish sohasidir.
So'nggi yillarda sanoat o'z rivojlanishida ulkan natijalarga erishdi va to'qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarining dunyodagi yetakchi eksportchilari orasida o'z o'rnini egalladi. Ko'proq iste'molchilar "Made in Uzbekistan" markali mahsulotlarni afzal ko'rishmoqda.
Bu yil o'zining o'n besh yillik yubileyini nishonlayotgan CAITME ko'rgazmasi haqli ravishda Markaziy Osiyo to'qimachilik innovatsiyalari xabi hisoblanadi. Bu mintaqadagi ushbu mavzudagi eng nufuzli xalqaro ko'rgazma bo'lib, uning yuqori maqomi UFI jahon ko'rgazma uyushmasining mustaqil auditi ma'lumotlari bilan muntazam ravishda tasdiqlanadi.
U MDH mamlakatlarida shu soha tadbirlar orasida birinchi o'rinni egallaydi va Osiyo qit'asida ikkinchi o'rinda turadi.
Ko’rgazma to'qimachilik va tikuvchilik mashinasozligi sohasidagi jahon ishlab chiqaruvchilarining yutuqlari va ishlanmalarini ko'rib chiqish va namoyish etish platformasi bo'lib, unda turli korxona uchun zarur uskunalar va butlovchi qismlar mavjuddir.
Tadbirga asosiy vazirlik va idoralar ko'mak ko'rsatmoqda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha soha professionallari va ekspertlari, yetakchi investorlar va xalqaro tashkilotlar qatnashmoqda.
CAITME tarixi 2004-yilda TextileExpo Uzbekistan brendi ostida o'tkazilganidan boshlanadi.
2008-yilda ko'rgazma qayta brendlangan va CAITME (Central Asian International Textile Machinery Exhibition) qisqartmasi ostida o'tkazilishni boshladi.
2012-yilda ko'rgazma birinchi marta "Butunjahon ko'rgazma sanoati uyushmasi (UFI) tomonidan tasdiqlangan tadbirlar" sertifikatini oldi, bu bilan esa mamlakatning milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo'shgan va xalqaro ko'rgazma biznes hamjamiyati tomonidan tan olingan tadbirlar taqdirlanadi va bu maqom muntazam ravishda tasdiqlanmoqda.
Bu yil ko'rgazma o'zining maqomini yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan tadbir sifatida tasdiqlash uchun yana bir bor tekshirilmoqda.
Ko'rgazma o’tkazilishi davomida 33 mamlakatdan 3 224 ta kompaniya ishtirok etdi, 64 129 kishi tashrif buyurdi.
Ko'rgazma o'z faoliyatini hamkorlik va qo'shma ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalar sohasida amalga oshirayotgan to'qimachilik mashinasozligining ko'plab yetakchilari uchun O'zbekiston bozoriga kirish uchun o'ziga xos ko'prik bo'ldi.
Har yili ko'rgazma dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning eng yorqin "yulduzli" tarkibini namoyish etadi.
Ular orasida to'qimachilik uskunalarini ishlab chiqarishda taniqli kompaniyalar va peshqadamlar bor: RIETER MACHINE WORKS, SAURER, TRUETZSCHLER, MARZOLI, PICANOL, TOYOTA TEXTILE MACHINERY, MURATEC, VANDEWIELE GROUP, JUKI, TAJIMA, TEXTIMA, ITEMA, BENNINGER, SANTEX RIMAR
CAITME 2004 yildan buyon quyidagi sikl bo'yicha o'tkazib kelinmoqda: uch yil ko'rgazma o’tkazilib, bir yil tanaffus qilinadi.
GROUP, BIANCALANI, FERRARO, SANTONI, LONATI, TERROT, MAYER, LINDAUER DORNIER, BRUCKNER, BROTHER, LAKSHMI MACHINE WORKS, USTER va boshqalar.
Bu yil o’z ishtirokini 22 mamlakatdan 403 ta kompaniya tasdiqladi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Lyuksemburg, Niderlandlar, BAA, Rossiya, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Frantsiya, Chexiya, Shveytsariya, Yaponiya.
Ekspozitsiya "O'zekspomarkaz" MKKning barcha pavilyonlarida joylashtiriladi va tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sektsiyalarga bo'linadi:
Pavilyon 1 - To'qimachilik, bo'yash, pardozlash uskunalari
Pavilyon 2 - Yigiruv, chiyratish, o'rash uskunalari va butlovchi qismlar
Pavilyon 3 - Kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun tikuv, kashtachilik, kesish, bosma va boshqa uskunalar
Pavilyon 4 - To'quv va noto'quv mato uchun uskunalar, Italiya va Germaniyaning milliy ekspozitsiyalari
Atrium 1 - Kimyoviy moddalar va bo'yoqlar, suvni tozalash tizimlari va ikkilamchi qayta ishlash
Atrium 2 - Kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun tikuv, kashtachilik, kesish, bosma va boshqa uskunalar
CAITME yubiley ko'rgazmasi yana bir bor eng innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar, eng yangi uskunalar va keng turdagi butlovchi qismlarni tashrifchilar e'tiboriga havola etadi, ko'plab yorqin va muhim yangiliklar va premyeralar kutilmoqda.
Masalan, to'qimachilik mashinasozligi sohasida shveytsariyalik kashshof Rieter kompaniyasi ko'rgazmada ROBOspin - joriy va oldingi avlod Rieter halqa yigiruv mashinalari uchun birinchi to'liq avtomatlashtirilgan ip-ulagich robotini namoyish etadi.
Ushbu tizim uzilmalarni ulash imkonini beradi va shu bilan mehnat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ulash jarayonini avtomatlashtirish operator malakasidan qat'i nazar, kalava-ipning barqaror sifatini ta'minlaydi.
ROBOspin tizimining mavjudligi halqa yigiruv mashinalarining samaradorligini va shuning uchun unumdorligini oshiradi.
Bundan tashqari, robot hech qachon charchamaydi, kasal bo'lmaydi va tushlik yoki dam olish uchun tanaffuslarni talab qilmaydi.
Mashhur nemis ishlab chiqaruvchisi Truetzschler paxta tolasini qayta ishlash uchun yangi innovatsion TC30i kardo-tarash mashinasini namoyish etadi, bu har qanday xom ashyodan eng yaxshi sifat darajasiga, mashina operatoridan qat'i nazar, yuqori mahsuldorlikka, keyinchalik sotilishi mumkin bo'lgan chiqindilar bilan oqilona ishlashga imkon beradi.
Tola va kalava-iplarni qayta ishlash tendentsiyalarini yaratuvchi Global innovator Saurer kompaniyasi CAITME 2024 ko'rgazmasida O'zbekistonda ilk marotaba Autoairo yuqori tezlikdagi texnologiyasi, yangi Zinser 51 halqa yigiruvchi mashinasi va Autocard SC 7'ni taqdim etadi.
Ko'rgazmada bunday muhim, energiya tejaydigan, yuqori samarali yangiliklar deyarli har bir stendda ishda va maketlarda namoyish etiladi. Aynan ular soha mutaxassislarini jalb qiladi va ko'rgazmani muhim voqeaga aylantiradi.
Ko'rgazmada xorijiy ishtirokchilarning ulushi 87 foizni tashkil etdi.
Xorijiy mamlakatlar orasida ishtirokchilar soni bo'yicha TOP-5 Xitoy, Turkiya, Italiya, Germaniya, Hindiston tashkil etdi.
Milliy pavilyonlar formatidagi keng tarkibda to'qimachilik mashinasozligi bo'yicha jahon yetakchilari Germaniya va Italiya mamlakat ekspozitsiyalari yana ko'rgazmaga qaytadi.
Germaniya o'zining milliy stendida Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligi (BMWK) boshchiligida hamda Germaniya Mashina va uskunalar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (VDMA) ko'magi ostida bo'lgan to'qimachilik, trikotaj, to'quvchilik, bo'yash, pardozlash uskunalari, to'qimachilik ishlab chiqarishning barcha bosqichlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 16 ta yetakchi kompaniyalarni e'lon qildi.
CAITME 2024 ko'rgazmasida o'zining eng ilg'or ishlanmalari va innovatsiyalarini taqdim etadi. Jami bo'lib 44 Germaniya ishlab chiqaruvchisi ko'rgazmada ishtirokini e'lon qildi.
Italiya yana bir bor o'zining Milliy stendida qiziqarli ekspozitsiyani taqdim etishga tayyorlanmoqda: 17 ta yirik tarash, bo'yash, pardozlash uskunalari, nazorat-o'lchov uskunalari, kesish tizimlari, trikotaj uskunalari uchun aksessuarlar, to'quv yorliqlari va birkalar ishlab chiqarish uchun uskunalar, va yana ko'p narsalar.
Bu yil ko‘rgazmada Italiyadan jami 48 ta kompaniya ishtirok etadi.
Shveytsariyaning Swissmem uyushmasi ko'rgazmaga homiylik qiladi va Shveytsariyadan 13 ta ishlab chiqaruvchilarning ko'rgazmada ishtirok etishini muvofiqlashtiradi.
Turkiya TEMSAD uyushmasi ko'rgazmada yorqin debyutga tayyorlanmoqda. Ko'rgazmada Turkiyadan 70 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Yevropa ishtirokchilari uchun muhim raqobat Osiyo rahbari Xitoy bo'ladi, uning bayrog'i ostida 96 nafar kompaniyaning yangiliklari namoyish etiladi.
Hindistondan bo'lgan 37 kompaniya to'qimachilik mashinasozligi, yordamchi uskunalar ishlab chiqarish va butlovchi qismlar / texnik jihozlar bo'yicha eng yaxshi ishlanmalarni taqdim etadi.
Aksariyati – 70 foizi ko'rgazmaning doimiy ishtirokchilari va atigi 30 foizi debyutantlar.
An'anaviy eksponentlarning yuqori foizi ko'rgazmaning biznes samaradorligini tasdiqlaydi.
Bunday muvaffaqiyatning kafili B2B uchrashuvlar platformasi va milliy kompaniyalarning zamonaviy texnologiyalarni o'zlashtirish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga bo'lgan katta qiziqishi, shuningdek, mahalliy to'qimachilik biznesini yanada rivojlantirishga qaratilgan davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash dasturlari bo'ldi.
Ko'rgazma yana bir bor mintaqadagi soha mutaxassislari bilan uchrashish, to'qimachilik va tikuv-trikotaj uskunalarining dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarining so'nggi yangiliklarini ko'rish, maslahatlar va texnik ko'mak olish, sotishdan keyingi xizmat ko'rsatish masalalari, sohadagi mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'llarini ochib beradi.
Ko'rgazmaning biznes dasturi doirasida Saurer kompaniyasining "Saurer Autoairo havo yigiruvchi mashinasida paxta yigirish" mavzusiga bag'ishlangan seminari ikkinchi kunga rejalashtirilgan. Seminar 12 sentabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha Kongress zalida bo'lib o'tadi.
CAITME 2024 ko'rgazmasi 8-sentabr kuni tarixiy Samarqandda "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi tomonidan Xalqaro to'qimachilik ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (ITMF) va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi (IAF) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention 2024" anjumani bilan start oladigan xalqaro to'qimachilik tadbirlari haftaligi doirasida bo'lib o'tadi.
Ko'rgazmaga maksimal samarali tashrif buyurish uchun Iteca Exhibitions iOS, Android va Huawei platformasi foydalanuvchilari uchun mavjud bo'lgan noyob mobil ilova – Iteca Connect'ni ishga tushirdi.
Ilova barcha ko'rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari uchun ma'lumot olish imkonini beradi. Bu yerda ishtirokchi kompaniyalarning batafsil tavsifi, ko'rgazmaning interaktiv joylashuvi, tadbirlar jadvali, shaxsiy beydj olish va soha mutaxassislari bilan bog'lanish imkoniyati mavjud.
Ishonchimiz komilki, ushbu dastur ko'rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilariga istalgan vaqtda va istalgan joyda kerakli ma'lumotlarga tezkor kirishni ta'minlab, ishonchli yordamchiga aylanadi.
Shveytsariyaning SWISSMEM to'qimachilik mashinasozligi
uyushmasi – tashrif buyuruvchilarni ro'yxatdan o'tkazish homiysi.

Rasmiy ko'mak ko'rsatdi:
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
- "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi
- O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi
Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor:


Tadbirning tashkilotchilari Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.caitme.uz