Yangiliklar
“Turk mashinasozligi” brendi CAITME ko`rgazmasida ishtirok etadi

Chet elda “Turk Mashinasozligi” (Turkish Machinery) sifatida tanilgan Mashinasozlik mahsulotlarini eksportchilari uyushmasi 2002 yilda Turkiya eksportini oshirishga qaratilgan barcha faoliyatni muvofiqlashtirish va barcha mashinasozlik mahsulotlari eksportchilarini yagona tashkilot ostida birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Uyushma mashinasozlik sanoati eksportchilarini birlashtirgan yagona tashkilot bo‘lib, 25 mingdan ortiq a‘zoga ega.
Uyushmaning maqsadlari:
• Soha imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilish,
• Yuqori texnologiyali ko‘nikmalarga ega sanoatni yaratish,
• Uyushma a‘zolarining muammoli masalalarini hal qilish,
• Aʼzolarining loyiha takliflarini tahlil qilish va takomillashtirish,
• Turkiyaning jami eksportida mashinasozlik eksportining ulushini 10 foizdan 20 foizga oshirish.
Turkiya mashinasozlik eksportchilarining manfaatlarini ifodalovchi “Turk mashinasozligi” uyushmasi, CAITME ko‘rgazmasida (1-pavilyon, B82 stendi) ishtirok etmoqda.
Uyushmaning www.turkishmachinery.org saytida “KOMPANIYALARNI QIDIRISH” bo‘limida Turkiyalik uskunalar eksport qiluvchi kompaniyalar va ularning aloqa ma’lumotlarini topishingiz mumkin.
Uyushma a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxati:
• To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uskunalari
• Tozalash, quritish va kimyoviy tozalash uchun sanoat uskunalari
• Traktorlar, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi mashinalari
• Qurilish va tog‘-kon ishlari uchun texnika
• Yuklash va tushirish va ko‘tarish mashinalari
• Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari
• Metallga ishlov berish uskunalari va dastgohlari
• Prokat stanlari, quyish dastgohlari, qoliplar
• Podshipniklar
• Rezina va plastmassaga ishlov berish uskunalari
• Klapanlar va armatura
• Nasoslar va kompressorlar
• Reaktorlar va gorelkalar
• Turbinalar, gidroreaktiv dvigatellar, gidravlika tizimlari
• Sanoat isitish mashinalari, pechlar
• Oziq-ovqat sanoati va qadoqlash uskunalari
• Qog‘oz ishlab chiqarish va bosma uskunalari
• Teri ishlab chiqarish va teriga ishlov berish uskunalari
• Dvigatellar va ehtiyot qismlar
• Ofis jihozlari
• Qadoqlash mashinalari