16-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» ko`rgazmasi

9 - 11 sentabr 2025, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Hukumat "Made in Uzbekistan" to‘qimachilik mahsulotlarini marketplace-larda targ‘ib qilish va marketplace-larda ishlash bo‘yicha o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash choralari uchun $2 million ajratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 16-yanvarda "Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi PF-6-sonli Farmonni imzoladi.

Farmonga koʻra, 2027-yilga qadar tarmoq mahsulotlari eksporti 7 milliard dollarga yetkazilishi rejalashtirilgan, shundan AQSh va Yevropa bozorlariga 500 million dollar yoʻnaltiriladi. Tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari umumiy eksport hajmining 70 foizini tashkil etishi kerak.

Quyidagi asosiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari belgilandi:

  • Ip-kalava va mato eksportidan tushgan mablagʻlar toʻliq Sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
  • 2026-yildan boshlab, ushbu mablagʻlarning kamida 80 foizi (2025-yilda – 15 million dollar) hamda uskunalar xaridini subsidiyalash uchun ajratilgan 15 million dollar tijorat banklariga mato, toʻqimachilik va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun kredit sifatida yoʻnaltiriladi.
  • Uskuna qiymatining 15 foizini avans toʻlash uchun 7 yil muddatga, 4 foiz yillik stavkada xorijiy valyutadagi kreditlar ajratiladi.
  • Xalqaro sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi.
  • "Made in Uzbekistan" dasturi doirasida mahsulotlarni marketplace-larda targʻib qilish, joylashtirish va reklama qilish uchun 2 million dollar ajratiladi. Shuningdek, sohaga oid kompaniya xodimlarini marketplace-larda ishlash boʻyicha oʻqitishga yordam berish choralari koʻriladi.
  • Namangan viloyatida maxsus Toʻqimachilik sanoat zonasi tashkil etiladi, u yerda alohida huquqiy, soliq, bojxona va valyuta rejimlari joriy etiladi.

Light Central Asia — Markaziy Osiyoda yengil sanoatni faol targʻib qilayotgan Oʻzbekistondagi axborot-tahliliy resurs.

HAMKORLAR