Yangiliklar
Endi, Zara, Massimo Dutti, Bershka va Inditex’ning boshqa brendlari do‘konlari tokchalarida “Made in Uzbekistan” tamg‘asi ostidagi mahsulotlarni ham ko‘rish mumkin.
Ko‘p oylik muzokaralar va auditdan so‘ng, BHR (“NAVBAHOR TEKSTIL”) kompaniyasining mahsulotlari Inditex Group brendlarining yetkazib beruvchilar xaritasiga kiritildi. Buni tashkilotning rasmiy saytida ko‘rish mumkin.
“NAVBAHOR TEKSTIL” paxta-to‘qimachilik klasteri 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Navoiy viloyatida joylashgan. Kompaniya paxtani yetishtirishdan tortib to mato va tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega. U Sedex, Better Work, Global Organic Textile, BCI, Oekotex, ISO kabi sertifikatlarga ega.