16-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» ko`rgazmasi

9 - 11 sentabr 2025, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Global Textile Days — Toshkentda toʻqimachilik innovatsiyalari va biznes haftaligi boshlanmoqda


Global Textile Days
– O‘zbekiston to‘qimachilik haftaligi 2025-yil 9-11-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha pavilyonlarida bo‘lib o‘tadi va Iteca Exhibitions kompaniyasining 30-yubiley ko‘rgazma mavsumining kuzgi qismini ochadi. Haftalik quyidagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
- «To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» 16-Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi;
- “To‘qimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025” 25-Yubiley Xalqaro Ko‘rgazmasi
- Tadbirlarga boy biznes dasturi, B2B uchrashuvlari va taqdimotlar.


Global Textile Days birlashgan ekspozitsiyasida quyidagi 22 davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar o‘rin olgan: AQSh, Avstriya, BAA, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Daniya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Portugaliya, Qozog‘iston, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, O‘zbekiston.

O‘zbekiston to‘qimachilik va moda sanoatining Markaziy Osiyo habi maqomini mustahkamlamoqda, hukumatning qat’iy chora-tadbirlari: 200 million dollarlik jamg‘armaga ega Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining tashkil etilishi va Prezident tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Dolzarb 100 kunlik” e’lon qilinishi tufayli global savdo va logistika muammolarini yengib o‘tmoqda. To‘qimachilik biznesi hamjamiyatining ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlari bilan birga, bu qadamlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, eksportni kengaytirish, Yevropa va AQSh bozorlarida o‘z o‘rnini egallashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, sentabr oyida Global Textile Days o‘tkazish ayniqsa dolzarbdir: CAITME va TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmalarining sinergiyasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun eng yangi texnologiya va uskunalarni o‘rganishdan tortib, xalqaro bozorda o‘z mahsulotlarini ilgari surishgacha bo‘lgan noyob imkoniyatlarni ochib beradi.
CAITME platformasi iqtisodiyotning eng muhim va eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlaridan biri, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish sohasidagi asosiy milliy ko‘rgazma loyihasi bo‘lib, mintaqadagi noyob xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasidir. Butunjahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) tomonidan o‘tkazilgan mustaqil audit natijalariga ko‘ra, ko’rgazma MDH mamlakatlaridagi shunga o‘xshash tadbirlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi va Yevroosiyo qit’asida ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘rgazma 2004-yilda tashkil etilganidan buyon muntazam ravishda Yevropa va Osiyodan to‘qimachilik mashinasozligi sohasida tan olingan yetakchilar hamda eng ilg‘or texnologiyalarni yetkazib beruvchilarni o‘ziga jalb etib kelmoqda.

Tadbirni an'anaviy ravishda asosiy vazirlik va idoralar qo'llab-quvvatlamoqda, Markaziy Osiyo mintaqasi (O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston) mutaxassislari va ekspert delegatsiyalari, yetakchi investorlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurmoqda. Ko‘rgazma hamkorlik, qo‘shma ishlab chiqarish va sarmoya kiritish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik mashinasozligining ko‘plab yetakchilari uchun O‘zbekiston bozoriga kirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ldi.
Ko‘rgazma mintaqadagi soha mutaxassislari bilan uchrashish, jahonning yetakchi to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj uskunalari va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarining so‘nggi innovatsiyalarini amalda ko‘rish, maslahat va texnik yordamni “birinchi qo‘ldan” olish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish masalalarini hal etish va sohadagi mavjud muammolarni birgalikda yengish yo‘llarini ishlab chiqish uchun yana bir bor noyob imkoniyat yaratadi.

Ko'rgazmaning bosh homiysi Turkish Machinery brendi ostida Turkiyaning mashinasozlik mahsulotlari eksportchilari uyushmasi - MAIB hisoblanadi. 2002 yilda tashkil etilgan assotsiatsiya 25 000 dan ortiq eksportchilarni birlashtiradi va Turkiya mashinasozligini rivojlantirish va jahon bozorida targ'ib qilishda muhim rol o'ynaydi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasi “O‘zekspomarkaz” MKKning 1, 2, 3 pavilyonlari va Atrium 1 zalida namoyish etiladi va tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:

1, 2 pavilyonlarida va Atrium 1 zalida yigiruv, to‘quvchilik, trikotaj, bo‘yash va pardozlash uchun uskunalar, butlovchi qismlar, yordamchi mashinalar va yechimlar namoyish etiladi.

3-pavilyonda yana bir bor xaridorlar orasida katta talabga ega bo‘lgan tikuv texnologiyalari: tikuv mashinalari, avtomatlashtirilgan tikuv tizimlari, bichish moslamalari, tikuvchilik uchun dasturiy ta’minot va boshqa ko‘plab mahsulotlar taqdim etiladi.

Bu yil Yevropa va Osiyoning mashhur kompaniyalari va brendlari an'anaviy tarzda CAITME ko'rgazmasida muhim o'rinni egallaydi: Truetzschler, Groz-Beckert, Mahlo, Habasit, MHMS, Vandewiele NV, IRO, Biancalani, Corino, Ferraro, Itema, Lafer, Mario Crosta, Motex Di Modiano Guido, Salvade`, Simet, Dilmenler, Dalgakiran, Mersan, Temsan, Lakshmi Machine Works, Lakshmi Card Clothing, Perfect Equipments, CTMTC, Hengyi, Leadsfon, Rifa, Yingyang va ko’plab boshqalar.

Ko'rgazmada yangi mahsulotlar amalda namoyish etiladi. Masalan, trikotaj uskunalari sohasida yetakchi – Santoni - birinchi marta turli markadagi uchta mashinani namoyish etadi: Jingmei – JFG, Santoni – Zenit HS2, Pilotelli – JVCE-4. Bu mashinalar Yevropa texnologiyalarini Osiyo samaradorligi bilan uyg‘unlashtirib, zamonaviy bozorning keng ko‘lamli ehtiyojlarini qoplaydi.

Shuningdek, tadbir debyutantlari – jahon bozorida ishonchli ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lgan kompaniyalarni ham taqdim etamiz: Samatex (Germaniya) – yigiruv uskunalari uchun aksessuarlar, Smartex Europe, Unipessoal Lda (Portugaliya) – to’quv sexlari uchun dasturiy ta’minot, Ab Card Clothing (Hindiston) – yigiruv uskunalari uchun aksessuarlar, Stylon (Rossiya) - tikuv fabrikalarini avtomatlashtirish tizimlari, Kyang Yhe Delicate Machine Co., LTD. (Tayvan) - jakkardli igna teshuvchi mashinalar va boshqa taniqli kompaniyalar va brendlar.

Ko‘rgazmada xorijiy ishtirokchilarning ulushi 82 foizni tashkil etadi.

Ishtirokchilar soni boʻyicha xorijiy davlatlar orasida Top-5ga Xitoy (57 kompaniya), Turkiya (40 kompaniya), Hindiston (20 kompaniya), Italiya (14 kompaniya), Germaniya (10 kompaniya) kirdi.

An'anaga ko'ra, CAITME ko'rgazmasida KOTMI (Korea Textile Machinery Convergence Research Institute) ko'magida Koreya Respublikasining milliy pavilyoni tashkil etiladi.

Delegatsiya tarkibiga taniqli ishlab chiqaruvchilar va soha yetakchilari kiradi, ular to'qimachilik ishlab chiqarish, burama uskunalari, to'qimachilik mahsulotlarini bosma etish, pardozlash va laminatsiyalash uchun ilg'or texnologiyalar va uskunalarni va ko’plab boshqa mahsulotlarini taqdim etadilar.

Yevropa texnologiyalari Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Portugaliya, Shvetsiya, Shveytsariya kabi davlatlar tomonidan namoyish etiladi.
Joriy yilda “TextileExpo Uzbekistanxalqaro toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati koʻrgazmasi oʻzining 25 yilligini nishonlamoqda, bu esa sohaning barqaror rivojlanishi, uning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi va olgʻa ishonch bilan harakatlanishi ramzi boʻlgan muhim voqeadir.

2004 yildan 2017 yilgacha koʻrgazma TextileExpo Uzbekistan brendi ostida oʻtkazilgan boʻlsa, 2018–2024 yillarda UzTextileExpo nomi bilan tanilgan va joriy yildan boshlab oʻzining tarixiy nomiga qaytgan.

Chorak asr davomida ko‘rgazmada 41 mamlakatdan 3 500 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi va uning ekspozitsiyasiga 126 mingdan ortiq professional tashrif buyurdi.

TextileExpo Uzbekistan tashkil etilgan kundan boshlab milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish va O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatida ishonchli hamkor sifatidagi obro‘sini mustahkamlash vazifasiga sodiq qoldi. Bugungi kunda TextileExpo Uzbekistan oʻnlab mamlakatlardan ishlab chiqaruvchilar, bayerlar, riteylerlar va distribyutorlarni birlashtirgan milliy brend, butun mintaqa uchun muhim biznes platforma hisoblanadi.

2009-yilda ta’sis etilgan Maxsus Bayerlar dasturi O‘zbekistonda shu turdagi tadbirlardan birinchisi bo‘ldi. Bugungi kunda ko‘rgazmaning ushbu eksklyuziv qismi vositachilarni chetlab o‘tib, istiqbolli bozorlarga yo‘l ochib, ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida bevosita muzokaralar olib borishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. “TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025” ko‘rgazmasining Bayerlar dasturi davomida turli mamlakatlarning 100 dan ortiq xarid qiluvchi kompaniyalari o‘zbekistonlik to‘qimachilik mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqaruvchilari bilan ishbilarmonlik muzokaralarini o‘tkazadi. Dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan 16 yil davomida unda Rossiya, Ukraina, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 2 000 dan ortiq yirik bayerlar ishtirok etdi. Ular qatoriga Auchan, X5 Retail Group, Magnit, Zara, Bershka, Gloria Jeans, Oodji va boshqa ko'plab kompaniyalar kiradi. Ushbu format tufayli ko'rgazma shartnomalar, investitsiyalar va uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshiradi.

TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025 ko‘rgazmasi 4-pavilyon va Atrium 2 zalida joylashgan bo‘lib, to‘qimachilik va yengil sanoatning butun spektrini qamrab oladi: kalava ip, gazlama, trikotaj va ipakdan tortib to uy tekstili, paypoq, bo‘yoqlar, kimyoviy moddalar, aksessuarlar, poyabzallar, shuningdek, bosma va qadoqlash uchun yechimlar.

TextileExpo Uzbekistan Autumn 2025 koʻrgazmasining doimiy ishtirokchilari qatorida quyidagi kompaniyalar mavjud: Osborn Textile (Oʻzbekiston) — boʻyalgan va melanj ip ishlab chiqarish, Mogotex (Belarus Respublikasi) — MDH mamlakatlari, yaqin va uzoq xorijdagi eng yirik toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri, Merganteks (Oʻzbekiston) — toʻliq integratsiyalashgan ishlab chiqarish zanjiriga ega #fiber2fashion kontseptsiyasi - paxta yetishtirishdan tayyor kiyim ishlab chiqarishgacha bo’lgan Oʻzbekistondagi yetakchi paxta-toʻqimachilik klasterlaridan biri, Daka-Tex fabrikasi (O'zbekiston) — yuqori sifatli kalava ip, trikotaj mato va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Ko‘rgazma debyutantlari: Elegant Fiber Textile (O‘zbekiston) – yuqori sifatli, raqobatbardosh va zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi, “Indigo Garments” (O‘zbekiston) – zamonaviy texnologiyalarni inson salomatligiga g‘amxo‘rlik bilan uyg‘unlashtirgan mamlakat trikotaj sanoati yetakchilaridan biri.

Global Textile Days`ning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ikkinchi kuni – 10 sentabr kuni Atrium 2 zalida bo‘lib o‘tadigan biznes-dastur bo‘ladi. Uning asosiy mavzusi - “Markaziy Osiyo ishlab chiqarish markazi sifatida: barqarorlik vs global muammolar”. Tadbir ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar, davlat idoralari va ekspertlar o‘rtasidagi dinamik muloqot maydoniga aylanadi, unda Markaziy Osiyoni jahon to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatining barqaror va mas’uliyatli markazi sifatida belgilash yo‘llari muhokama qilinadi. Dastur ishtirokchilarga xarajatlarni kamaytirish va fabrikalar samaradorligini oshirishga yordam beradigan yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy bilimlar beradi. Yangi bozorlarga chiqish strategiyalariga, jumladan, Rossiya va xalqaro onlayn chakana savdo, raqamli yorliqlash, sunʼiy intellektni joriy etish va energiyani tejovchi yechimlarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Rasmiy ko’mak:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

Toshkent shahar hokimligi

“OSIYO RAMZI” O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi


CAITME 2025 ko'rgazmasining bosh homiysi

TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025 koʻrgazmasi hamkori

Tashkiliy ko’mak: “O‘zekspomarkaz” MKK AJ

Hamkor:

Intellektual hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Texnik hamkor: Internet hamkor:

Axborot komagi



Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia Group.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Teл: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.caitme.uz
HAMKORLAR