Press-relizlar
CAITME 2026 – Markaziy Osiyoda toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatini modernizatsiya qilishning asosiy platformasi
17-Markaziy Osiyo Xalqaro «Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2026» koʻrgazmasi 8–10 sentyabr kunlari Toshkentdagi «Oʻzekspomarkaz» MKKning barcha pavilyonlarida boʻlib oʻtadi va yana bir bor toʻqimachilik haftaligi — «Global Textile Days»ga start beradi.
CAITME Markaziy Osiyodagi toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati uchun muhim voqeadir va mustaqil audit maʼlumotlariga koʻra, MDHda ushbu mavzu boʻyicha eng yirik koʻrgazma hisoblanadi. Koʻrgazma mintaqaviy toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatini modernizatsiya qilish, unumdorlikni oshirish va global bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish yoʻlida muhim yordam koʻrsatadi.
Bu yilgi koʻrgazmada 20 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etishi kutilmoqda, Germaniya kompaniyalari milliy stend taqdim etadilar, shuningdek, Avstriya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Turkiya, AQSh, Shveytsariya va boshqa yetakchi mamlakatlar kompaniyalari ham keng miqyosda ishtirok etadi.
Anʼanaga koʻra, koʻrgazmada toʻqimachilik mashinasozligi sohasida tan olingan yetakchilar va Yevropa va Osiyodan eng ilgʻor texnologiyalar yetkazib beruvchilar ishtirok etadi: Rieter, Uster, Novibra, SSM, Spindelfabrik Sussen, Toyota, Muratec, Truetzschler, Saurer, Picanol, Santoni, Terrot, Groz-Beckert, Mahlo, Habasit, MHMS, Vandewiele NV, Textima, Mayer, IRO, Biancalani, Ferraro, Itema, Lafer, Epson, Motex Di Modiano Guido, Salvadé, Simet, Sclavos, Effe, Temsan, Lakshmi Machine Works, Lakshmi Card Clothing, Precitex, Rimtex, Kansai, Brazzoli, Eliar, Guven Celik, West Global, Leewha, CTMTC, Hengyi, Leadsfon, Rifa, Yingyang, Baoyu va koʻplab boshqa kompaniyalar.
CAITME 2026 koʻrgazmasi yana bir bor «Oʻzekspomarkaz» MKKning barcha pavilyonlarida boʻlib oʻtadi va tashrif buyuruvchilarning qulay ishlashi va harakatlanishi uchun boʻlimlarga boʻlinadi: paxta tozalash va yigirish texnologiyalari, boʻyash va pardozlash texnologiyalari, toʻquv va trikotaj uskunalari va anjomlari, tikuvchilik uchun uskunalar, toʻqimachilik kimyoviy moddalari va boʻyoqlari.
Tadbir sanoat mutaxassislariga asosiy va yordamchi uskunalar sohasidagi yangi mahsulotlar va soʻnggi ishlanmalar bilan amalda tanishish imkonini beradi, uskunalar uchun aksessuarlar, butlovchi qismlar va texnik jihozlar, toʻqimachilik kimyosi va boʻyoqlari, suv tozalash tizimlari va boshqa koʻplab mahsulotlarning keng assortimentiga kirish imkoniyatini ochadi.
Koʻrgazma doirasida keng koʻlamli biznes dasturi — taqdimotlar, B2B-uchrashuvlar, panel sessiyalari va boshqalar rejalashtirilgan.
Koʻrgazmaga mintaqaning yetakchi ittifoqlari va uyushmalari tashrif buyurishni rejalashtirgan. Roʻyxatdan oʻtish koʻrgazma saytida davom etmoqda: https://bit.ly/caitme_sayt_uz
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» eng yirik milliy aviakompaniya va koʻrgazmaning rasmiy aviatashuvchisi sifatida koʻrgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari uchun koʻrgazma kunlari aviachiptalarni xarid qilish uchun maxsus promokodlar va chegirmalarni taklif etadi. Ularni qoʻlga kiritish va foydalanish shartlari haqida batafsil maʼlumot koʻrgazmaning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.
Ishtirok etish / tashrif buyurish masalalari boʻyicha tashkilotchilar jamoasi bilan bogʻlanishingizni soʻraymiz:
«Iteca Exhibitions» XK MChJ
Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 59A-uy
T: +998 71 205 18 18
www.caitme.uz
caitme@iteca.uz