18-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2028» ko`rgazmasi

6 - 8 sentabr 2028, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Ozarbayjonda to‘qimachilik klasterining asosi qo‘yildi

Ozarbayjonning Mingachevir sanoat parkida o‘zbek biznesi ishtirokida ООО «Textile Horizon» yangi to‘qimachilik klasteri loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Ishlab chiqarish majmuasining poydevorini qo‘yish marosimi 26-sentabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ilhom Aliyev, ООО «Azersheker» boshqaruvi raisi Nasib Islomzade va Global Textile Group o‘zbek kompaniyasi raisi Musaffar Razakov ishtirok etdi. Ular tugmani bosish orqali yangi korxona qurilishiga start berdilar.

ООО «Textile Horizon» ta’sischilari sifatida ozarbayjonlik «Azersheker» kompaniyasi, o‘zbek «Global Textile» kompaniyasi va Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya jamg‘armasi ishtirok etmoqda.

Ishlab chiqarish majmuasi 11,2 ga maydonda joylashadi. Loyiha paxta yetishtirishdan boshlab lint, ip, bo‘yalgan mato va tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish siklini yaratishni nazarda tutadi.

Loyiha to‘qimachilik sohasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiyaviy va sanoat hamkorligini kengaytirish doirasida amalga oshirilmoqda.

Manba