16-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» ko`rgazmasi

9 - 11 sentabr 2025, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

Diqqat! Muhim yangilik.

Hurmatli ko'rgazma ishtirokchilari,

"Iteca Exhibitions" XK MChJ kompaniyasi ko'rgazma sanoatiga ta'sir ko'rsatayatgan firibgarlik holatlarining ko'payishiga e'tiboringizni qaratmoqda. Xususan, biz ko'rgazma loyihasi direktori nomi bilan taqdim etilgan soxta hisobvaraqlarga pul o'tkazmalari to'g'risida ma'lumot oldik.

Shuni ta'kidlash lozimki, bizning shartnoma hujjatlarimizda hech qachon O'zbekiston hududidan tashqarida qabul qiluvchi bank ko'rsatilmaydi va bizning barcha elektron manzillarimiz iteca.uz domenida joylashgan.

Shuning uchun sizni moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda hushyor va ehtiyotkor bo'lishga chaqiramiz. To'lovlarni amalga oshirishdan oldin, iltimos, oluvchining elektron manzili, oluvchining bank rekvizitlari to'g'riligiga ishonch hosil qiling, shuningdek, tashkilotchilarning elektron manzili va boshqa ma'lumotlar bilan to'lov hisobvarag'i olingan elektron pochta manzilini tekshiring.

Faqatgina birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan biz bunday hodisalarning oldini olishimiz va moliyaviy operatsiyalarimiz xavfsizligini ta'minlashimiz mumkin.

E'tiboringiz va tushunganingiz uchun tashakkur.

Hurmat bilan,
"Iteca Exhibitions" jamoasi
HAMKORLAR