Yangiliklar
Andijon tikuvchilik sanoati rekord darajaga yetdi
2025 yilda Andijon viloyati O‘zbekistonning eng yirik sanoat tarmoqlaridan biri bo‘lgan kiyim-kechak ishlab chiqarishda mutlaq yetakchiga aylandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakatning yirik korxonalari 43,1 trillion so‘mlik kiyim ishlab chiqardi.
Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 21,7 foizlik o‘sishni bildiradi. Ushbu sohaning eng katta ulushi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi – bu yerda 19,7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Viloyatlar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi:
- Andijon viloyati – 19,7 trillion so‘m
- Namangan viloyati – 3,9 trillion so‘m
- Toshkent viloyati – 3,6 trillion so‘m
- Toshkent shahri – 2,9 trillion so‘m
- Farg‘ona viloyati – 2,8 trillion so‘m
- Navoiy viloyati – 2,1 trillion so‘m
- Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari – 1,8 trillion so‘mdan
- Boshqa viloyatlar – 1 trillion so‘mdan kam
Ko‘rinib turibdiki, Andijon viloyatining ushbu sohadagi ulushi respublika bo‘yicha jami ko‘rsatkichning taxminan 46 foizini tashkil etadi. Bu viloyatning to‘qimachilik va yengil sanoat sohasidagi yuqori salohiyati, ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlariga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Manba