18-Markaziy Osiyo Xalqaro «To’qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2028» ko`rgazmasi

6 - 8 sentabr 2028, O‘zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar (for all)

Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Prezidentning «Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘ladi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimiga kiradi.

Akademiya Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi negizida tashkil etiladi.

Shu bilan birga, qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishni akademiyada davom ettiradi.

O‘quv jarayoni 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi. Talabalarni qabul qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari bilan bir qatorda, akademiyaga o‘z ta’lim dasturlari asosida bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ruxsat beriladi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab korxona va tashkilotlar buyurtmalariga muvofiq to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal tarmoqlari uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashga yo‘naltirilgan dual ta’lim shakli joriy etiladi.

Akademiya negizida turli tashkilot va xizmatlar uchun davlat buyurtmasi asosida kiyim-kechak dizaynini ishlab chiqish, shuningdek milliy brendlarni yaratish yo‘lga qo‘yiladi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab yengil sanoat uchun kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan va o‘rtacha balli akademiya belgilagan ko‘rsatkichdan past bo‘lmagan bitiruvchilarga bakalavriatning 3-kursidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettirishga ruxsat beriladi.

Akademiyada ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ma’muriy xodimlar, ularning oila a’zolari, shuningdek akademiyaga qabul qilinadigan xorijiy talabalar uchun belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish, shuningdek akademiya arizalari asosida yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va uning muddatini uzaytirish ta’minlanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar dasturida, shuningdek, 2028 yil oxirigacha davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyini qurish va foydalanishga topshirish nazarda tutilgan.

Shu vaqtgacha institutdan akademiyaga ko‘chiriladigan talabalarga belgilangan tartibda institutning talabalar turar joyidan foydalanishga ruxsat beriladi.

Manba